AsosiyJamiyat

Metro va avtotransportda niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi

'Metro va avtotransportda niqobsiz yurganlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarni avtoransport va metropoliten xizmatlaridan foydalanilganda aholi o`rtasida niqob taqish hamda ijtimoiy masofa saqlash rejimiga  qat`iy rioya qilishga chaqiradi, deb yozmoqda SSV rasmiy sayti.

Niqobsiz yurish QAT`IYaN MAN QILINADI! Tartibga rioya qilmaganlarga nisbatan qat`iy choralar qo`llaniladi va jarimaga tortiladi.  

 Turli savdo majmualari, bozorlar, do`konlarda yurilganda qo`llarni tashqi yuzalarga tegishidan himoyalashni ta`minlash uchun QO`LQOPLARdan foydalanish zarur.  

 Evropa va Osiyo mamlakatlari tajribasi shuni ko`rsatmoqdaki, faqatgina IJTIMOIY MASOFAga va majburiy NIQOB TAQISh REJIMIGA qat`iy rioya qilinishi pandemiya tarqalishining oldini olishga yordam beradi.  

Infeksiya tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish, unga qarshi mustahkam turish maqsadida fuqarolarni yuqorida aytib o`tilgan talablarga so`zsiz va qat`iy amal qilishga chaqiramiz. Sizlardan ogoh va o`ta talabchan bo`lishni, do`st va yaqinlaringizni ushbu qoidalarga rioya etishga undashingizni so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar