AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan 59 yoshli toshkentlik ayol vafot etdi

'Koronavirusga chalingan 59 yoshli toshkentlik ayol vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, 2020 yil 14 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34 017 (+196) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 194 nafari Toshkent shahrida hamda 2 nafari Farg`ona viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. (ayol) vafot etdi.

E`tiborli jihati, bugun yurtimizda 1448 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog`ayganlar 28 661 nafarga (84 foiz) etdi.

Hozirda mamlakatimizda 5 135 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar