AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo 40 darajagacha ko`tariladi

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo 40 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Dam olish kunlari O`zbekiston hududi quruq va mo``tadil issiq havo oqimi ta`sirida bo`ladi, deya xabar berdi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

Butun respublika hududida havo vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamolning tezligi kuchsizdan o`rtachaga etishi mumkin, shimoliy hududlarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda uning shiddati sekundiga 23-28 metrni tashkil qilishi mumkin.  

Bu kunlarda havo harorati mamlakatimiz hududining katta qismida kechasi 18-23 darajani, kunduzi 33-38 darajani tashkil qiladi, janubda 40 darajagacha isiydi.

Bunday ob-havo sharoitlari O`zbekistonda avgustning o`rtasi uchun xosdir. Avgust – yilning eng quruq oyi hisoblanadi. Odatda bu davrda respublikada havo kam bulutli bo`ladi. Yog`ingarchilik kamdan-kam kuzatiladi va asosan juda oz miqdorda yog`adi. Bu vaqtda respublika hududining katta qismida o`rtacha maksimal harorat 35 darajaga yaqindir. 

Bugun:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 35-37° bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba`zida 23-28 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

 

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo`ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar