Joriy yilning 10 iyul kuni Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1957 yilda tug`ilgan fuqaro o`z uyida 1986 yilda tug`ilgan kelini bilan janjallashib qoladi. Tortishuvdan boshlangan janjal mushtlashuvga aylanib qaynota kelinni urgan va unga tan jarohati etkazgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 avgust kuni O`z.R JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hurmatli hamyurtlar koronavirus infeksiyasining tarqalishi, unga qarshi ko`rilgan karantin chora-tadbirlaridan barcha zerikkan. Hattoki u ko`plab insonlarning asablariga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazmay qolmayapti. Shunday sinovli kunlarda bir-birimizga mehr-oqibatli bo`lib, oiladagi muammolarni ko`chaga olib chiqmay, oila davrasida og`ir bosiqlik bilan hal etish bizning millatimizga munosib ishdir.
Ayol kishi zaifa hisoblanadi. Unga qo`l ko`tarib, ozor berish hech bir erkakka, ayniqsa qaynotaga yarashmaydigan ish. Yuqoridagi holatda faqat bir tarafni ayblashdan yiroqmiz. Shunday ekan oiladagi muvozanatni ushlab turishda ayollarning ham ishtiroki muhimdir. Zero, qars ikki qo`ldan chiqadi.






