AsosiyJamiyat

17 avgust kuni O`zbekistonda Qur`on xatm qilinadi. Barcha o`z xissasini qo`shishi mumkin

'17 avgust kuni O`zbekistonda Qur`on xatm qilinadi. Barcha o`z xissasini qo`shishi mumkin'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2071 ta jome masjid o`z eshiklarini yana ochmoqda. O`zbekiston Musulmonlari idorasining ma`lum qilishicha, 17 avgust kuni Qur`on xatm qilinadi. 

"Imom-domlalar barobarida muxlis xalqimiz tomonidan o`qilgan yoki o`qilayotgan Qur`on xatmonalari bo`lsa, 17 avgust kuni bomdod namozigacha taqdim etilsa, eng xushovoz qorilar xatm yakunini o`qib, muftiy hazratlari tomonidan duolar qilinadi, insha Alloh.  

Shunday ekan 17 avgust kuni bomdod namoziga qadar ado etiladigan Qur`oni karim xatmlari sanog`ini 94-159-59-84 telefon raqamiga SMS xabari orqali ma`lum qilishni tavsiya etamiz",

-deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar