1

Urgut tumani IIV xodimlari avval bosqinchilik qildi, endi tuhmat qilyaptimi? Samarqanddagi vaziyatga aniqlik kiritildi

Jamiyat 15.08.2020, 16:01
Urgut tumani IIV xodimlari avval bosqinchilik qildi, endi tuhmat qilyaptimi? Samarqanddagi vaziyatga aniqlik kiritildi

Facebook ijtimoiy tarmog`ida "URGUT TUMAN IIV XODIMLARI AVVAL BOSQINCHILIK QILDI, ENDI ESA TUHMAT QILYAPTI. MUTASADDI TASHKILOTLAR KO‘RIB CHIQISHI LOZIM" nomli post e`lon qilindi. Holat aslida qanday bo`lgan? Samarqand viloyati IIB axborot xizmati vaziyatga aniqlik kiritdi. 

"2020 yilning 25 iyul kuni soat taxminan 09:00 lar atrofida Urgut tuman Quyiqishloq MFY hududida oq rangli VAZ-2107 rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib kelib, ushbu joyda xizmat olib borayotgan Urgut tumani bo`yicha IIO FMB 4-son IIB xodimlarini ko`rib, shubhali tarzda shu atrofdagi uylardan biriga ya`ni fuqaro F.M.ni xonadoniga kirib, avtomashina ichida bo`lgan shaxslar tushib, xonadonga yashirinishga urinishgan. Holat IIO xodimlarida shubha uyg`otib, ushbu shaxslar to`xtatilib, ularni shaxsini aniqlash maqsadida hujjatlarini taqdim etishlari yoki IIO xodimlari bilan birga IIB binosiga borishlari taklif qilinganda ushbu xonadon egalari, ya`ni F.M. va uning o`g`li F.Sh.lar IIO xodimlariga sababsiz qarshilik ko`rsatib, ularning qonuniy faoliyatlariga qarshilik qilganlar. 
Ushbu xonadonda yashovchi 1965 yilda tug`ilgan fuqaro F.M.ning qon bosimi oshib ketishi natijasida erga yotib qolgan. Zudlik bilan IIO xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilib, fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. 
1996 yilda tug`ilgan fuqaro R.U., F.M., Sh.F.larga nisbatan karantin qoidalarini buzganliklari hamda IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmaganliklari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 2-qismi, 194-moddasi va 195-moddalari bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib to`plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Ma`muriy ishlar bo`yicha Urgut tuman sudiga yuborilgan. 
IIO xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, F.M. hamda uning o`g`li 1988 yilda tug`ilgan F.E.lar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga murojaat qilishgan. Ushbu murojaat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda"  deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1