1

Karmanada 10 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

Jamiyat 15.08.2020, 19:28
Karmanada 10 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

Karmana tuman sudi tomonidan 2020 yil 13 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi JK 73-moddasi bilan bog`liq bo`lgan 10 nafar mahkum va maxkumalarga nisbatan ishlar ko`rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo`yicha Karmana tuman sudining raisi  Jaxongir Karimov ma`lum qildi. 

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 73-moddasida mahkum jazoni o`tash davrida o`rnatilgan tartib-qoida talablarni bajargan va mehnatga halol munosabatda bo`lgan taqdirda jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo`llanilishi mumkinligi ko`rsatilgan.

Shu asosida, 10 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, sodir etgan jinoyatlarini mohiyatini tushunib etganligi, tuzalish yo`liga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan bo`lgan munosabati ijobiy tomonga o`zgarganligi, o`rnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, mehnatga halol munosabatda bo`lganligi bois, axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1