AsosiyJamiyat

Koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun bir guruh rossiyalik mutaxassislar O`zbekistonga keladi

'Koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun bir guruh rossiyalik mutaxassislar O`zbekistonga keladi'ning rasmi

16 avgust kuni 40 nafar mutaxassis koronavirusga qarshi kurashda ko`maklashish uchun kelishlari kutilmoqda. Bir oy davomida ular koronavirusga qarshi kurashish doirasida o`zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlashadi, amaliy-uslubiy yordam berishadi. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.

Ularning barchasi COVID-19 tashxisli bemorlarni davolash tajribasiga ega. Shifokorlar guruhida anestiziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt shifokorlar bor, deyiladi ma`lumotda. 

    Boshqa yangiliklar