Tibbiyot fanlari doktori, professor Mashhura Zohidovaning ta`kidlashicha, pnevmoniya kelib chiqishiga osma ukol sabab bo`lyapti. Ukol orqali tanaga suyuqlik yuborganlik natijasida yurak uni o`zlashtirolmayapti, shuningdek, o`pka alveolalari suvga to`lib qolyapti.
Shu sababli bemorlarda kislorod ishlab chiqarish to`xtab qolyapti va saturasiya tushib ketyapti.
"️Ko`p bemorlarda vaziyat og`irlashayotgani uchun Sog`liqni saqlash vazirligi shifokor va hamshiralardan bemorlarga osma ukol yozmasligi haqida tilxat olyapmiz. Aholi orasida osma ukolning zararli oqibatlari bo`yicha tushuntirish ishlari olib borioyapti. ️Koronavirusga chalingan bemorga shifokor tomonidan osma ukol buyurilsa, javobgarlikka tortiladi", deydi M.Zohidova.






