Koronavirusdan tuzalganidan keyin bemor reabilitasiya jarayonidan o`tadi. 2 oygacha "Aspirin" ichib turishi kerak, chunki kasallikdan keyin ham tomirlarda tromblar qoladi va dori ularni tiklashga yordam beradi, dedi "Oydin hayot LIVE" dasturida ishtirok etgan Tibbiyot fanlari doktori, professor Mashhura Zohidova
Mutaxassisning aytishicha, shu sabab koronavirusdan tuzalgan bemor oqsilga boy ovqatlarni iste`mol qilish kerak. Hazm qila olish kuchiga qarab ovqat miqdorini belgilash kerak. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste`mol qilaverish zarur.
Organizm qayta tiklanishida suyuqlik juda muhim.
Organizmga o`zini-o`zi tiklab olishi uchun imkon berish kerak. Bunda antibiotiklarni qabul qilmaslik zarur, chunki ular qayta tiklanish jarayonini sustlashtiradi va immunitetni tushiradi.






