Ushbu savolga bugun AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Shuhrat Boymurodov quyidagicha javob qaytardi:
O`pkani tekshiruvini shifokor maslahatiga ko`ra bajarish lozim. Mustaqil ravishda o`tish tavsiya etilmaydi, unga ko`rsatma va qarshi ko`rsatma bor.
Toshkent shahridagi qaysi klinikalarda MRT va MCKT uskunalari borligi, qaysi holatda klinikaga murojaat qilish mumkinligi, tuman kesimida eng yaqin va faoliyat yuritayotgan klinikalar haqida ma`lumot beradigan (71) 200 17 20 Call-markazi faoliyat olib bormoqda. Shu raqamga qo`ng`iroq qilib, batafsil ma`lumot olish mumkin.






