«O`zarxiv» agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Alievning ta`kidlashicha, tugatilgan tashkilot o`z hujjatlarini arxivga saqlash uchun topshirmagan hollarda ma`naviy javobgarlikdan tortib, ma`muriy va jinoiy javobgarliklar nazarda tutilgan.
Masalan, har qanday tashkilotda ishlagan xodimlarda vaqt o`tishi bilan o`z ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini himoya qilish ehtiyoji tug`iladi. Bunday hollarda albatta tashkilotning boshqaruv hujjatlaridan tortib, shaxsiy tarkib hujjatlariga murojaat etish zarur bo`ladi.
2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan «Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari to`g`risida»gi konunga asosan, fuqarolar o`z mehnat faoliyati bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarni bepul olish huquqiga ega. Shuningdek, «Arxiv ishi to`g`risida»gi Qonunning bir nechta moddalarida — yuridik shaxslar o`z hujjatlarini but saqlanishini ta`minlashi shart ekani belgilangan.
Jinoyat kodeksining 227-moddasiga ko`ra, korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning qat`iy hisobidagi hujjatlar, blankalarni egallash, shuningdek, ularni nobud qilish, ularga shikast etkazish yoki ularni yashirish g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo`lsa:
- ️eng kam oylik ish haqining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O`sha harakatlar:
- ️o`ta muhim ahamiyatga ega bo`lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo`lsa;
- og`ir oqibatlarga sabab bo`lsa,
- eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






