AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "Neksiya" urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

'Sirdaryoda "Neksiya" urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

2020 yil 15 avgust kuni soat 10:20 larda Yangier shahar hududidan o`tgan 4R-196A avtomobil yo`lining 2 km.da Odam o`limi bilan yakun topgan YTH sodir bo`ldi. 

Fuqaro Sh.A. o`z boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli 01 X 565 G`A davlat belgili avtomashinasida harakatlanib ketayotib o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda velosipedda harakatlanib ketayotgan fuqaro N.G`.ni urib yuborgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida fuqaro N.G`. olgan tan jarohatlarining og`irlik darajasi bo`yicha voqea joyida vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar