AsosiyJamiyat

Koronavirusdan vafot etgan bemor jasadi boshqa oilaga adashib berib yuborildimi? Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo`lgan xabarga SSV munosabat bildirdi

'Koronavirusdan vafot etgan bemor jasadi boshqa oilaga adashib berib yuborildimi? Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv bo`lgan xabarga SSV munosabat bildirdi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistondagi kasalxonlardan birida koronavirusdan vafot etgan fuqaroni uning yaqinlarisha berib yuborilgan, biroq, oradan bir muddat o`tib marhum aslida ularga tegishli emasligi, koronavirusga chalingan ona hali ham shifoxonda ekanligi haqida xabarlar paydro bo`ldi. Bunda voqea farzand nomidan yozilgan bulib, unga boshqa jasadni berib yuborishganini, oradan 3 kun o`tib onasi xali kasalxonada ekani aytilgan. 

Ushbu xabar internet tarmog`ida keng muhokamaga sabab bo`ldi. Shunga ko`ra, SSV mazkur holat yuzasidagn munosabat bildirdi.

"Internet tarmog`ida shifoxonada vafot etgan bemorlarning jasadini yaqinlariga topshirish jarayoniga oid tarqalgan mish-mishlar yuzasidan shuni ma`lum qilamizki, bemor vafot etgan taqdirda hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o`sha xodimga nisbatan chora qo`riladi.  

—Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda  bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni o`rashdan oldin, albatta uning  yuzini yaqinlariga ko`rsatib , aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda  to`la aks etadi, —  deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.

Hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi  va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Hurmatli yurtdoshlar, ayni vaqtda barchamiz koronavirus xavfini yaxshi sezib turibmiz. Uni bartaraf etish uchun mamlakatimiz rahbariyati va sog`liqni saqlash tizimi mutasaddilari hamda xodimlari tomonidan barcha choralar ko`rilmoqda Shunday sharoitda turli xil mish-mish va asossiz xabarlarga ishonib qolmasligingizni so`rab qolamiz.

Insonlar hayoti va qadr qimm atiga daxl qiluvchi holatlar aniqlansa, unga sababchi bo`lganlar qonun oldida javob beradi. Asossiz xabarlar tarqatib, odamlar orasida vahima uyg`otishga uringanlar ham o`z jazosini oladi", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar