Sog`liqni saqlash vazirligi axborotiga ko`ra, bugun mamlakatimizning 7 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 607 nafari sog`aydi.
Jumladan, bemorlarning 392 nafari Toshkent shahrida, 186 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, yana 7 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida va 4 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forig` bo`ldi.
Shunday qilib, yurtimizda 31 580 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 88 foizni tashkil qilmoqda.






