AsosiyJamiyat

Toshkentda "Nexia" postni buzib, IIB xodimini urib ketdi (video)

'Toshkentda "Nexia" postni buzib, IIB xodimini urib ketdi (video)'ning rasmi

Internet tarmog`ida Toshkentda sodir o`lgan YTHda Toshkent shahar IIBB xodimi urib yuborilgani aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBB holatga aniqlik kiritdi.

Aniqlanishicha, 10 avgust kuni taxminan soat 00.46 da Olmazor tumanidagi Sag`bon ko`chasida 46 yoshli Sherzod B. “Nexia” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 N 317 VA) boshqarish davomida boshqaruvni uddalay olmay qoladi.

Natijada ikkita avtmobilga: Lacetti (davlat raqami 01 A 493 KV) rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli Dilshodbek I.ga shu vaqtda YHXB xodimi tomonidan to`xtatilgan bo`lib, u bilan suhbat qilayotgan bo`lgan, shuningdek yo`l chetida turgan 29 yoshli Umidjon J.ning “Matiz” rusumli avtomobillarga to`qnashgan.
YTH natijasida “Lacetti” avtomobili yonida turgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori kichik serjant Sh. G`ulomnazarov, hamda “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildilar.
Hujjatlar qonuniy chora ko`rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga etkazildi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar