Joriy yilning yanvar-iyul oylarida jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 50 foizga yoki 842 mln. dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma`lum qildi.
Jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan valyuta hajmi esa 2 mlrd. dollarga teng bo`lib, ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi (2019 yilning mos davrida - 686 mln. doll.).
Natijada ushbu operasiyalar bo`yicha ijobiy saldo (sof taklif) 501 mln. dollarga etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 489 mln. dollarga (yoki 49 foizga) kamaydi, deyiladi xabarda.






