Pandemiya boshlanishida JSST dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga koronavirus tarqalishini kamaytiruvchi qattiq karantin joriy etishni tavsiya qildi. Endi tashkilot bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxovening fikricha, COVID-19’ning ikkinchi va undan keyingi to`lqinlarida karantinga yo`l qo`yish kerak emas.
Uning iqtisodiy oqibatlari tibbiy jihatdan kelishi mumkin bo`lgan ehtimoliy holatdan ancha yuqori turadi. Niqoblarni taqish va ijtimoiy masofani saqlash etarli choralar bo`ladi.
Mutaxassislar, shuningdek, karantin paytida maktablarning yopilishini «avlod halokati» deb hisoblaydi. Ular ushbu cheklovlar tufayli saraton, infarkt va insultga chalingan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashganini ta`kidlashdi. Karantin yuzlab jiddiy kasalliklarni, depressiya, stress, ishsizlik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.





