Joriy yilning 18 avgust kuni Namangan viloyati, Pop tumani hududida ayanchli YTH sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.
Avtohalokat ushbu hududdan tuvchi 4R-112 “Farg`ona xalqa yo`li” avtomobil yo`lining 22-kilometrida ro`y bergan. Xususan, haydovchi, 1986 y.t. Sh.A. "Neksiya" rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirgan holda boshqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1966 y.t. M.T. boshqaruvidagi "Zil-130” rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashib ketgan.
To`qnashuv natijasida, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Sh.A. og`ir tan jarohatlari olishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.
O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB barcha haydovchilardan transport vositasi tezligini me`yoridan oshirmasdan boshqarishlarini, yo`l belgilari va chiziqlari talablariga amal qilishlarini so`raydi.






