AsosiyJamiyat

Ko`zi ojizlar uchun ilk bor 10-11 sinf darsliklari chop etilmoqda

'Ko`zi ojizlar uchun ilk bor 10-11 sinf darsliklari chop etilmoqda'ning rasmi

Bu yil  maxsus ta`lim yo`nalishida imkoniyati cheklangan o`quvchilar uchun 2020-2021-o`quv yilida 160 nomdagi darsliklar chop etilmoqda.

 Respublika ta`lim markazi matbuot xizmatining xabar berishicha, avval hech qachon ko`rish imkoniyati cheklangan o`quvchilar uchun bunday katta xajmda darsliklar chop etilmagan. Ilgari ko`zi ojiz o`quvchilarimiz uchun chop etilayotgan Brayl darsliklarida rasmlar so`z orqali ifodalangan. Bu yilgi o`zgartirishlardan biri,  ushbu darsliklarga bo`rtma shakldagi  rasmlar va xaritalarni kiritilishidir.  

Shuningdek, ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi o`quvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar