Bo`stonliq – Toshkent – Bo`stonliq oralig`ida yo`nalishli avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi rasmiy telegram kanali.
Ya`ni xabarda ta`kidlanishicha, Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani hamda poytaxtimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri “Mashinasozlar metro bekati” – Bo`stonliq “Yusufxona qo`rg`oni” yo`nalishida yangi avtobus qatnovi yo`lga qo`yilgan.
Mazkur avtobus yo`nalishining masofasi bir tomonga sal kam 83 km.ni tashkil etadi. Avtobuslar ushbu masofani 1 soat 35 daqiqada bosib o`tadi. Yozning so`nggi kunlarida tabiat quchog`iga chiqib, hordiq chiqarmoq istagida bo`lgan yurtdoshlarimiz shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilgan holda tog`li hududlarga borish-kelishda ushbu yo`nalishlardan foydalanishlari mumkin.






