Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, 2020 yil 18 avgust soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 518 (+166) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan ko`rinib turibdiki, tungi soatlarda faqat 2 ta viloyatdan statistika olingan yoki qolgan hududlarda test topshirish imkoniyati etarli emas. Bunday xulosaga kelishdan asosiy sabab shuki, bugungi kunda koronavirus alomatlari bilan shifokorlarga murojaat qilayotgan fuqarolar va o`zi ixtiyoriy profilaktika maqsadida test topshirish istagida bo`lgan hamyurtlarimiz barcha hududlarda juda ko`pchilikni tashkil qiladi.
SSV xabarida aytilishicha, shu daqiqalarda 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Uchtepa tumanida yashagan 44 yoshli U.I. (erkak) vafot etdi.
Toshkent shahrida 402 nafar, Toshkent viloyatida 165 nafar, Samarqand viloyatida 34 nafar, Buxoro viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Farg`ona viloyatida 2 nafar, jami 643 nafar bemor tuzalgan.
Ma`lum qilinishicha, yurtimizda 32 223 (+643) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 052 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






