AsosiyJamiyat

Toshkentda mayitni o`likxonadan chiqarish uchun pul talab qilgan mas`ul ushlandi

'Toshkentda mayitni o`likxonadan chiqarish uchun pul talab qilgan mas`ul ushlandi'ning rasmi

   Mayitni o`likxonadan chiqarish evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan ekspert ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent shahar filiali boshlig`i o`rinbosari va o`rindoshlik asosida komission ekspertizalar bo`limi sud-tibbiy eksperti Z.U. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro I.ning 15.08.2020 yilda vafot etgan qarindoshi A.ning murdasini o`likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSh dollarini tamagirlik yo`li bilan talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar