AsosiyJamiyat

Uychi tumani mulozimlari bilan karantinda ziyofatda o`tirgan IIB xodimiga “Qattiq hayfsan” berildi

'Uychi tumani mulozimlari bilan karantinda ziyofatda o`tirgan IIB xodimiga “Qattiq hayfsan” berildi'ning rasmi

Joriy yilning 12 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dahshat! Hokimlar ziyofati Namangan shahzodalari” va “Erkatoy hokimlarimiz ziyofat ustida qo`lga tushdi, Namangan Uychi erkatoylari” sarlavhasi ostida videorolik tarqaldi. Lavhada Namangan viloyati Uychi tumani lavozimdagi shaxslarining ko`ngilchog`lik qilishayotgani aks etgan, bo`lib, unda IIO xodimi ham tasvirda borligi qayd etilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, ushbu holat bo`yicha Namangan viloyat IIB tomonidan o`rganish ishlari olib borilib, videotasvirdagi xodim haqiqatdan ham uychi tuman IIB xodimi ekanligi tasdiqlandi.Unga nisbatan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, “Qattiq hayfsan” intizomiy jazosi berildi, deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar