"Uzbekistan Airvays" AJ 2020 yil 21 va 28 avgust kunlari Toshkent – Frankfurt - Toshkent yo`nalishi bo`yicha charter repatriasiya qatnovini quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra:
Toshkent – Frankfurt, Toshkentdan ketish vaqti - 05:45, Frankfurtga qo`nish vaqti -09:40
Frankfurt - Toshkent, Frankfurtdan ketish vaqti - 11:40, Toshkentga qo`nish vaqti -20:55
Toshkent – Frankfurt yo`nalishi bo`yicha charter qatnoviga aviachiptalarni "Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida 2020 yil 19 avgust soat 9.30dan boshlab tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan sotib olish mumkin:
- Chet el fuqarolari uchun - passport;
- O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos.
Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo`yicha o`z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so`ramasligingizni so`raymiz. Sizga chiptada ko`rsatilgan narxni "Uzbekistan Airways" AJ filialining kassasida to`lagan pulingiz miqdori bilan solishtirishni tavsiya qilamiz, deyiladi xabarda.






