AsosiyJamiyat

2020-2021 o`quv yilidan boshlab umumta`lim maktablarida 3 ta fan chuqurroq o`rgatiladi

'2020-2021 o`quv yilidan boshlab umumta`lim maktablarida 3 ta fan chuqurroq o`rgatiladi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o`quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o`rgatish uchun mazkur fanlarga qo`shimcha dars soatlari ajratildi.  Bu haqda Vazirlik Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Jumladan:

📚10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;

📚10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);

📚10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat).

Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan

📚5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo`shib berildi.

Endilikda, xalq ta`limi tizimida 2020-2021 o`quv yilidan boshlab:

matematika fani haftasiga 55 soat (o`tgan yilda 54 soat);

kimyo fani haftasiga 12 soat (o`tgan yilda 10 soat);

biologiya fani haftasiga 15 soat (o`tgan yilda 13 soat);

informatika fani haftasiga 10 soat o`qitiladi (o`tgan yilda 9 soat).

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 mayda “Matematika sohasidagi ta`lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” hamda 2020 yil 12 avgustda “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlari qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar