AsosiyJamiyat

Kuz va qish fasli yakinlashmokda, O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat og`irlashadimi?

'Kuz va qish fasli yakinlashmokda, O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat og`irlashadimi?'ning rasmi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva aholidan kelgan savollarga javob qaytardi.

Xususan, kuz va qish fasli yakinlashmokda, ushbu mavsumlarda koronavirus og`ir kechishi mumkinmi, vaziyat qanday bo`ladi, degan savolga javob berildi.

"Dunyodagi statistik ma`lumotlarga asoslanadigan bo`lsak, har yili mavsumiy gripp va yuqori nafas yo`llari kasalliklari ushbu fasllarda ko`p uchraydi.

Mavsumiy gripp — bu odamdan odamga o`tuvchi, butun dunyo bo`ylab uchraydigan o`tkir virusli infeksiya hisoblanadi. Ko`p insonlar tibbiy yordamsiz bu kasallikdan to`liq sog`ayib ketadi.  

Qish mavsumida o`tkir respirator kasalliklar fonida koronavirus infeksiyasining ko`shilishi kasallish darajasini albatta oshiradi.  

Lekin bizda bugun davolash mezonlari ishlab chiqilgan va ishonchimiz komil bo`lishi kerakki, bizning fuqarolarimiz koronavirusga qarshi choralarni susaytirmasdan bajarishda davom etishadi", deya izohladi mutaxassis.

    Boshqa yangiliklar