AsosiyJamiyat

Minsk, Nyu-York, Frankfurt... O`zbekistonga kelmoqchi bo`lganlar uchun charter reyslar jadvali e`lon qilindi

'Minsk, Nyu-York, Frankfurt... O`zbekistonga kelmoqchi bo`lganlar uchun charter reyslar jadvali e`lon qilindi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" AJ quyidagi charter repatriasiya qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirdi:

- Toshkent - Minsk - Toshkent – 2020 yil 24 va 31 avgust kunlari;

- Toshkent – Nyu-York - Toshkent - 2020 yil 27 avgust kuni;

- Toshkent - Frankfurt - Toshkent -2020 yil 21 va 28 avgust kunlari.

Ushbu yo`nalishlar bo`yicha aviachiptalarni "Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida har kuni soat 9.30dan 18.00gacha yo`lovchining o`zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo`yicha o`z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so`ramasligingizni so`raymiz. Sizga chiptada ko`rsatilgan narxni "Uzbekistan Airways" AJ filialining kassasida to`lagan pulingiz miqdori bilan solishtirishni tavsiya qilamiz, deyiladi aviakompaniya xabarida. 

 

    Boshqa yangiliklar