Markaziy bozorlardagi alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari o`rganildi. 18 avgust holati ko`ra:
Mol go`shti (suyaksiz go`shtidan tashqari) 40 000 so`mdan 65 000 so`mgacha (kg):
1 kg mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»ning arzonlashtirilgan go`sht rastalarida qayd etilgan (40 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxi esa, Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan (65 000 so`m).
Qo`y go`shti 45 000 so`mdan 75 000 so`mgacha (kg):
Minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo`yliq dehqon bozori»da (45 000 so`m) ro`yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo`va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (75 000 so`m) kuzatilgan.
Kartoshka 2 500 so`mdan 6 000 so`mgacha (kg):
Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo`yliq dehqon bozori»da sotuvda bo`lgan yirik bo`lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so`m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da sotilgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so`m) qayd etilgan.
Piyoz 1000 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg):
Minimal narx Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» da (1000 so`m) ro`yxatga olindi. Maksimal narx sifatida esa Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo`lgan saralangan piyozning narxi kuzatilgan (3 000 so`m).
Sabzi 1 500 so`mdan 5 000 so`mgacha (kg):
Minimal narx Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq shahar dehqon bozori» va Farg`ona shahrining «Markaziy dehqon bozori»da (1 500 so`m) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da sotuvda bo`lgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so`m) qayd etilgan.
Tuxum 6 000 so`mdan 12 000 so`mgacha (10 dona):
Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori» da sotuvda bo`lgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etilgan (6 000 so`m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori» va «Farhod dehqon bozori» da qayd etilgan (12 000 so`m).
Guruch 5 000 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg):
Minimal narx Guliston shahrining - «Guliston dehqon bozori»da (5 000 so`mdan) qayd etilgan. Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatilgan («Lazer» navli guruch 18 000 so`m).
O`simlik yog`i 8 800 so`mdan 15 000 so`mgacha (litr):
Minimal narx Toshkent shahrining «Eski jo`va dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog`i 8 800 so`m) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo`l dehqon bozori» va «Damariq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (kungaboqar yog`i 15 000 so`m) kuzatilgan.
Shakar 5 800 so`mdan 7 000 so`mgacha (kg):
Minimal narx Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo`va dehqon bozori» va «Qo`yliq dehqon bozori»da (5 800 so`m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Eski jo`va dehqon bozori», «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so`m) kuzatilgan.






