AsosiyJamiyat

Bekobod tumani IIB boshlig`ining o`rinbosari 5000 dollar pora bilan qo`lga tushdi

'Bekobod tumani IIB boshlig`ining o`rinbosari 5000 dollar pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bekobod tumani Ichki ishlar bo`limi boshlig`ining o`rinbosari M.B. 5000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo`lga tushdi. Bu haqda «Gazeta.uz» huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar qilgan.

Qayd etilishicha, M.B. 19 avgust, chorshanba kuni Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida hibsga olingan.

Tuman IIB bo`lim boshlig`ining muovini qidiruvda bo`lgan shaxsning ushbu maqomini bekor qilish uchun 5000 dollar miqdorida pora so`ragan.

IIO xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan, biroq ishning Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bo`yicha olib borilishi xususida ma`lumot berilmagan. Holat yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar