Toshkent mintaqasi temir yo`l transportida XTB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
"So`ngi vaqtlarda temir yo`l transport inshootlarida yo`lovchi va yuk poezdlarining xavfsizligiga tahdid solayotgan salbiy holatlar, ya`ni fuqarolar tomonidan o`zboshimchalik bilan temir yo`lning belgilanmagan joylaridan kesib o`tish, yo`lovchi poezdlar vagon oynalariga tosh otib sindirish, temir yo`lga begona jism qo`yish, temir yo`l atrofida chorva mollarini boqish, temir yo`ldan o`tish davrida qo`l telefoni quloqchinidan foydalanish, qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmalarda sodir bo`layotgan transport xodisalari natijasida fuqarolar va voyaga etmaganlar bilan bog`liq baxtsiz xodisa hamda boshqa noxush holatlar ham afsuski sodir bo`lmoqda.
Toshkent mintaqasi temir yo`l transportida XTB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi xodimlari tomonidan ochiq stansiya va vokzallar hududi hamda temir yo`l atrofida aholi gavjum hududlarda baxtsiz xodisalarni oldini olish maqsadida temir yo`l atrofini temir panjara va to`siqlar bilan o`rash, fuqarolarni ogoxlantiruvchi temir yo`l belgilarini hamda tungi yoritish va video kuzatuv moslamalarini o`rnatish bo`yicha alohida takliflar tayyorlab, mutasaddi idoralarga taqdimnomalar muntazam ravishda kiritib borilmoqda. Shuningdek, temir yo`l bo`ylab baxtsiz hodisalarning oldini olish borasida videoroliklar ishlab chiqib, temir yo`lga yaqin joylashgan mahallalarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda va flaerlar tarqatish, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar tashkil etish bo`yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ijrosi ta`minlanishi nazoratga olingan.
Temir yo`lda xavfsizlikni ta`minlash, baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan fuqarolarimizdan temir yo`lda xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya etishlik, jumladan temir yo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tish, temir yo`l atrofida chorva mollarini boqmaslik, temir yo`l iziga tushib yurmaslik va ayniqsa yoshlarimiz temir yo`lda quloqchin taqib yurmasligini, shuningdek, ota-onalardan bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni iltimos qilib qolamiz" deyiladi xabarda.






