Bu haqda Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qarshi shahar tug`ruq komleksida uch nafar egizak dunyoga keldi. Chaqaloqlarning onasi - chiroqchilik 25 yoshli Durdona Boboqulova. U bir yo`la bir o`g`il, ikki qizli bo`ldi. Chaqaloqlar vazni - 2900, 2650, 2600 gramm.
Tug`ruqxona bosh shifokori Salima Achilovaning ma`lum qilishicha, uch egizakning ham ahvoli yaxshi.






