Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Toshkent viloyatidagi umumta`lim maktablari hamda kasb-hunar kollejlarini 52 mingdan ziyod bitiruvchilar tamomlagan, shundan 40 mingga yaqin o`quvchi-yoshlar oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirgan.
Shuningdek, bu yil xotin-qizlar uchun ham alohida grantlar ajratildi. Shunga asosan viloyat Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasiga viloyat bo`yicha jami 1 714 nafar xotin-qiz hujjat topshirgan bo`lib, komissiya tomonidan hujjatlar Nizom asosida o`rganilgan va ularning 1 142 nafariga tavsiyalar berildi.
Kirish imtihonlari esa yozma ravishda “Matematika”, “Fizika”, “Informatika” va “Rus tili” fanlari bo`yicha uch kun davomida 20-22 avgust kunlari soat 17:00 da “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga qarashli “Metallurg” sport majmuasining stadionida o`tkaziladi.






