DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Yangiyo`l shahri va tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda «Jihodchilar» oqimining bir nechta a`zolaridan iborat guruh faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot a`zolari safiga borib qo`shilgan holda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Ular o`z navbatida Yangiyo`l shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yo`lga da`vat qilgan holda, Suriyadagi «Tavhid va Jihod» katibasi Xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo`shilishni rejalashtirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o`rinda IIV fuqarolarni yuqorida qayd etilgani kabi terroristik tashkilot a`zolarining chaqiruvlariga aldanib, jinoyat ko`chasiga kirib qolmaslikka chaqiradi.






