AsosiyJinoyat

Xorazmda tadbirkordan 20 000 AQSh dollar pora talab qilgan mansabdor ushlandi

'Xorazmda tadbirkordan 20 000 AQSh dollar pora talab qilgan mansabdor ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Xorazm viloyat boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Unda Tuproqqal`a tumani er resurslari va davlat kadastri bo`limi boshlig`i M.R. “D.” MChJning ish yurituvchisi R.dan jamiyatga tumandagi Gurlan massivi hududidan baliqchilik ko`li tashkil qilish uchun 15 gektar er maydoni ajratib berish evaziga 20 000 AQSh dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar