Avval xabar qilinganidek, 2020 yil 19 avgust kuni, O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurash qo`mitasida “UzAuto Motors”ga nisbatan O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risi”dagi Qonuni buzilishi belgilariga nisabatan ochilgan ish bo`yicha navbatdagi tinglov o`tkazildi. Qo`mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o`tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini assossiz oshirganini tasdiqladi va narxlarni tushirish bo`yicha ko`rsatma berildi. Ayni paytda ushbu komissiya xulosasiga javoban “UzAuto Motors” AJ rasmiy bayonot bilan chiqdi.
"Bahsli masalalarni asoslash uchun zarur qo`shimcha materiallarni tayyorlashga muddat qisqa ekanligi tufayli, “UzAuto Motors” AJ tomonidan ish ko`rib chiqilishi keyinroqqa qoldirilishi (2005 yil 12 oktyabrdagi 225- sonli VMQga muvofiq)ni so`rab iltimosnoma yo`llangandi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ish bir taraflama ko`rib chiqildi, uning yakunida noto`liq ma`lumotlarga asoslangan qaror qabul qilindi.
Qayd etish o`rinliki, avtomobillarni ishlab chiqarish murakkab jarayon bo`lib, uni o`rganish etarlicha vaqt talab etadi. “UzAuto Motors” faoliyatini yanada chuqurroq va asosliroq o`rganish kelgusi sud muhokamalari davomida mumkin bo`ladi – kompaniya o`zining ushbu huquqidan foydalanishni rejalashtirgan.
Shuni ham qayd etish o`rinliki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanmaydi – keyingi xatti-harakatlar sud muhokamalari yakunlaridan kelib chiqib belgilanadi.
O`z navbatida, kompaniya avtomobillar narx asosli ekanligini va hozirgi vaziyatda narxni pasaytirish imkonsizligini ma`lum qiladi",
- deyiladi kompaniya bayonotida
Mavzuga doir:
"Juda g`alati". "Uzautomotors" o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan ishni ko`rishda qatnashmabdi