AsosiyJamiyat

"Ular hazil qilib, o`ynashishgan". Qo`qon shahrining isiriq yordamida dezinfeksiya qilinganiga munosabat bildirildi

'"Ular hazil qilib, o`ynashishgan". Qo`qon shahrining isiriq yordamida dezinfeksiya qilinganiga munosabat bildirildi'ning rasmi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qo`qon shahri ko`chalarini isiriq yozdamida dezinfeksiya qilinayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur lavhalar jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilindi. Shundan so`ng Qo`qon shahar hokimligi vaziyatga munosabat bildirdi:

"Qo`qon shahar “Toza hudud” DUK tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra, korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig`ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho`g`langan isiriq qoldiqlarini o`chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o`ynashib, o`zlarini ko`rsatish uchun isiriq to`liq yonib tugaguncha yo`l-yo`lakay tutatib ketishgan. Ularning bu xatti-harakatlari shaharda olib borilayotgan koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari bilan bog`liq emas.

Qo`qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmagan", - deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

 

    Boshqa yangiliklar