SSVning xabar qilishicha, Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 33 442 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 127 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 255 nafari og`ir, 66 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






