AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” mas`ul xodimlari 297,8 mln so`mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilishdi

'“O`zbekneftgaz” mas`ul xodimlari 297,8 mln so`mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilishdi'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJning hududiy boshqarma mas`ul xodimlari 297,8 mln so`mlik quvur va qora metallarni talon-toroj qilishdi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Romitan tuman bo`limi tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, boshqarmaga qarashli Suv ta`minoti va kanalizasiya sexi hamda hududiy uchastkalarning tovar-moddiy boyliklar bo`yicha javobgar shaxslari N.B. 
va B.U.lar tomonidan o`zining ixtiyorida bo`lgan tovar-moddiy boyliklarni saqlash va sarflashda ichki tartib qoidalariga rioya qilmasdan, ishonib topshirilgan jami 297,8 mln so`mlik quvur va ikkilamchi qora metallarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan javobgar shaxs N.B. va B.U.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar