Ertaga, 22 avgustdan abiturientlarga ruxsatnoma berish boshlanadi. Bu haqda Davlat test markazi direktori o`rinbosari Sardor Rajabov AOKA zalida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.
️Unga ko`ra, ertadan, ya`ni 22 avgustdan boshlab DTMning sayti orqali har bir abiturientning shaxsiy kabinetida abiturient ruxsatnomasi qo`yiladi. Har bir abiturientning ro`yxatdan o`tganda ko`rsatgan telefon raqamiga bu haqda SMS-xabar yuboriladi.






