O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolash muolajalarini olayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, shifokorlar sa`y-harakati bilan vazir salomatligi tiklangan. "Hozirda odatdagidek o`z ish faoliyatini davom ettirmoqda" deyiladi xabarda.






