Ushbu savolga bugun Sog`liqni saqlash vazirligi AOKAda navbatdagi brifingida javob berib o`tildi.
Sevara Ubuydullaeva Vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi:
— Ilk yoshdagi bolalarda koronavirus kasalligi simptomlarsiz, ulardan kattaroq, ya`ni 12 yoshgacha bo`lganlarda kasallik kechuvi juda ham engil kuzatilishi borasida aniq ma`lumotlar mavjud.
Lekin organizmida yondosh boshqa kasalliklari bo`lgan bolalarda yoki allergiyasi mavjud bo`lsa, shuningdek oddiy shamollash davrida ham bo`g`ilish holatlari kuzatilsa, bunday bolalarda koronavirus o`rta og`irlikda yoki og`irroq kechishi mumkin.
Allergiya — koronavirus organizmga tushganidan so`ng, organizmda jarohatlanish va kasallik qo`zg`ash xususiyatini kengaytiradi hamda kasallik kechuvini kuchaytiradi.






