AsosiyJamiyat

Konimexda haydovchi uxlab qoldi va vafot etdi

'Konimexda haydovchi uxlab qoldi va vafot etdi'ning rasmi

19 avgust kuni soat 10:25 larda Konimex tumani hududidan o`tuvchi A-379 “Navoiy-Uchquduq” avtomobil yo`lining 147 kilometrida "Zarafshon-Navoiy" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan haydovchi “Neksiya” rusumli 85K704EA davlat raqam belgili avtomashinani boshqarib borib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan "Changan" rusumli transport vositasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada “Neksiya” rusumli avtomashinani haydovchisi og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

“Changan” rusumli transport vositasi haydovchisi “Chap oyog`i tizza osti sinishi” jarohati bilan Zarafshon shahar markaziy kasalxonasiga yotqazilgan.

Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, “Neksiya” rusumli  avtomashina haydovchi charchoq holatida uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo`qotib qarama-qarshi yo`nalishga chiqqanligi mazkur hodisani kelib chiqishiga sabab bo`lgan. 

 

    Boshqa yangiliklar