AsosiyJamiyat

Afg`onistonda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tarkibidagi korxonaga qurolli hujum bo`ldi

'Afg`onistonda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tarkibidagi korxonaga qurolli hujum bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning 20 avgust kuni Afg`onistonning Balx viloyatida “So`g`diyona trans” sho``ba korxonasi vakillariga qurolli hujum sodir etilgan. Korxona “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tarkibiga kiradi. Holat yuzasilan Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.

"2020-yilning 20-avgust kuni O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg`oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Suhbat chog`ida Afg`oniston Tashqi ishlar vazirining O`zbekistonga bo`lajak tashrifining kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko`rib chiqildi. Muluqot davomida energetika va transport-kommunikasiya sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. Vazirlar Afg`onistonning Balx viloyatida 20-avgust kuni sodir bo`lgan “So`g`diyona trans” sho`ba korxonasi vakillariga qurolli hujum hodisasini muhokama qildilar.

H.Atmar mamlakatning vakolatli organlari tomonidan voqea tafsilotlari sinchkovlik bilan tekshirilayotganini va unga aloqadar shaxslar javobgarlikka tortilishini ta`kidladi. O`zbekiston tomoni Afg`onistonda faoliyat yuritayotgan O`zbekiston kompaniyalari va korxonalari xodimlari uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilishini so`radi. 

Suhbat chog`ida O`zbekiston-Afg`oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi" deb yoziladi xabarda

    Boshqa yangiliklar