AsosiyJamiyat

Navoiyda uxlab qolgan haydovchi yo`lovchining o`limiga sababchi bo`ldi

'Navoiyda uxlab qolgan haydovchi yo`lovchining o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

2020 yilning 7 avgust kuni soat taxminan 15:30larda Navoiy viloyati Nurota tumani hududidan o`tgan 4R-55 avtomobil yo`lining 94 kilometrida “Damas” rusumli 30 R 102 LA davlat raqam belgili avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi bilan ham shunday holat yuzaga keldi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirish va profilaktik tadbirlar olib borilishiga qaramay 1963 yilda Samarqand viloyatida tugilgan fuqaro Z.B. o`ziga tegishli avtomashinani boshqarib kelib, uxlab qolishi oqibatida yo`l chetiga chiqib ketib, yo`l-transport hodisasi sodir etdi.

Natijada avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan, 1975 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan yo`lovchi R.N. og`ir tan jarohati olib, hayotdan bevaqt ko`z yumdi.  

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar