Bugun,11 dekabr kuni Koreya Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan o`zaro munosabatlarni normallashtirish bo`yicha muzokazaralarni boshladi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Muzokaralar Keson shahrida o`tkaziladi. Janubiy Koreya delegasiyasiga birlashuv ishlari bo`yicha vazir o`rinbosari Xvan Bu Gi boshchilik qilsa, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tomonidan vakil sifatida tinch birlashuv qo`mitasi kotibiyati vise-direktori Chon Chjon Su ishtirok etadi.
“Echimini kutayotgan ko`plab muammolar yig`ilib qoldi. Ularni bartarf etish uchun qo`limizdan kelgan barcha chorani qo`llaymiz”, — dedi Xvan Bu Gi.
Muzokaralarning kun tartibi haqida rasmiy ma`lumotlar yo`q.
Mahalliy OAVning ma`lumotlariga ko`ra, muhokama qilinadigan mavzular qatoriga Kimgansandagi turistik majmua ishini qayta tiklash, Pxenyanga nisbatan Seul tomonidan qo`llanilgan sanksiyalar, ikki mamlakatda yashayotgan qarindoshlarning muntazam ko`rishib turishini doimiylashtirish kabilarni kiritish mumkin.
Tinchlik muzokaralari hukumat darajasida o`tkazish tashabbusini Pxenyan kiritgan edi. Taraflar joriy yilning avgustidagi qurolli to`qnashuvlardan so`ng munosabatlarni yaxshilashga kelishib olgandi.
Ikki Koreya Respublikalari o`rtasidagi munosabatlar 1950-1953 yillardagi qurolli to`qnashuvlardan so`ng keskinlashgandi.