AsosiyJamiyat

Koronavirusga duchor bo`lganda nega hid va ta`m bilish yo`qoladi?

'Koronavirusga duchor bo`lganda nega hid va ta`m bilish yo`qoladi?'ning rasmi

Ko`pchilikni qiziqtirgan ushbu savolga Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dosenti Dilfuza Hasanova eavob berdi:

–"Cjvid-19" virusi nafaqat o`pka to`qimasini, balki nerv hujayralarini gematoensefal to`siqdan o`tib, miyani ham zararlashi isbotlandi. Koronavirusning neyrokorona - 1, neyrokorona - 2, neyrokorona - 3 degan tasnifi paydo bo`ldi.  

Mana, nima uchun koronavirusda hid va ta`m bilish sezgisi yo`qoladi? Bosh miya juft nervlaridan birinchisi hid bilish nervi bo`lib, kasallikda u zararlanyapti. Shuningdek, tilni boshqaruvchi nervlar shikastlanishi hid bilishni yo`qotadi.

Koronavirusdan davolangandan keyin virusning qoldiqlari bo`ladi va ular toksinlar chiqaradi. Shu sababli tuzalgandan keyin birdaniga ta`m va hid bilish sezgisi tiklanmaydi.  

Organizm sekin-astalik bilan sezgi hissini tiklab oladi. Bu bemorlarda turli davrni o`z ichiga oladi. Kimdadir 7-10 kun, ba`zilarda 2 haftagacha cho`ziladi.

    Boshqa yangiliklar