AsosiyJamiyat

11 marotaba jarrohlik amaliyotini o`tkazgan fuqaroga 12 operasiyada ko`mak beriladi

'11 marotaba jarrohlik amaliyotini o`tkazgan fuqaroga 12 operasiyada ko`mak beriladi'ning rasmi

Karantin davrida fuqarolar Oliy Majlis Senatining virtual qabulxonasi hamda Senat Raisining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham murojaat yo`llamoqda.

Ta`kidlash joizki, parlament yuqori palatasida fuqarolar murojaati bilan ishlash tizimining aniq mexanizmi yo`lga qo`yilgan bo`lib, Senat a`zolari xalq bilan bevosita muloqot qilish orqali hududlardagi real holat bilan tanishmoqda, muammo va kamchiliklarni hal etmoqda.   

Yaqinda jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Shunk Oliy Majlis Senatiga ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yo`llab, 3 yil davomida davolanib kelayotganligi, 11 marotaba jarrohlik amaliyotini o`tkazgani va oxirgi 11-jarrohlik amaliyotidan keyin ahvoli og`irlashib qolganligini qayd etgan. Shifokorlarning noto`g`ri jarrohlik amaliyoti  tufayli bunday ahvolga tushib qolganini ta`kidlagan.  

Kuni kecha Senatning Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi O.Iminov Jizzax viloyatida bo`lib, ushbu murojaatni o`rgandi. Fuqaro M.Shunkning holidan xabar olib, uning muammolarini bartaraf etish bo`yicha tegishli mutasaddilarga ko`rsatma berdi. Shuningdek, keyingi jarrohlik amaliyoti o`tkazilishi va ijtimoiy qo`llab-quvvatlanishida ko`mak berildi.

Mazkur masala senator tomonidan nazoratga olindi, deb xabar bermoqda Oliy Majlis senatining axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar