2020 yil 22 avgust soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 231 (+157) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV
Yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda yana 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko`tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.






