Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoro tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari navbatdagi qonunbuzarlikka chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat Bojxona ko`mitasi xabar bermoqda.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan olib kelingan “qoziq” tovarlari elektron shaklda taqdim qilingan deklarasiyaga asosan bojxona to`lovlaridan imtiyoz qo`llangan holda ro`yhatga olingan.
Biroq o`rganilish jarayonida tovarlar haqida ma`lumotlar hujjatlarda noto`g`ri ko`rsatilganligi va natijada salkam 237 million so`m bojxona to`lovlaridan imtiyozni noqonuniy tarzda qo`lga kiritishga bo`lgan urinish aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






